Oʻzsanoatqurilishbank kichik va oʻrta biznes yoʻnalishida qator xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritdi

Kapitalbank ATB Kuzatuv kengashi Madina Yusupova va Akmal Yaxyoyevni Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimlariga tasdiqladi. Ikki xodim ham mehnat faoliyatlarini bankda quyi lavozimlardan boshlab, kompaniya ichida bosqichma-bosqich malakalarini oshirib, bugungi kunda bank boshqaruvida muhim rol oʻynaydigan lavozimlarga yetib kelishdi.

Iqtisod
Oʻzsanoatqurilishbank kichik va oʻrta biznes yoʻnalishida qator xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritdi

Statistika agentligi tomonidan 2025 yilning oʻtgan olti oyi uchun nominal hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi koʻrsatkichlari eʼlon qilindi. Unda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasida oʻrtacha ish haqi 13,9 foizga oʻsib, 16 mln 252,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Manba: Statistika agentligi

Bank-moliya sohasi tarkibi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi majburiy ijtimoiy sugʻurtalashdan tashqari, qayta sugʻurtalash va nafaqa jamgʻarmalari sohasida 19 mln 627,8 ming soʻmni, moliyaviy xizmatlar koʻrsatish va sugʻurtalash boʻyicha yordamchi faoliyat sohasida 19 mln 518,2 ming soʻmni, sugʻurtalash va nafaqa taʼminotidan tashqari moliyaviy xizmatlar sohasida 15 mln 898,9 ming soʻmni tashkil etgan.

Manba: Statistika agentligi

Hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida kuzatildi.

2021 yildan buyon bank-moliya sohasida oʻrtacha ish haqi oʻsishi sekinlashmoqda. 2021 yilda oʻsish koʻrsatkichi 32,5 foiz, 2022 yilda 30,0 foiz, 2023 yilda 23,7 foiz, 2024 yilda 14,3 foizni tashkil etdi. 2025 yilning I yarim yilligida esa 13,9 foizlik oʻsish kuzatildi. Shunga qaramay, bank-moliya sohasi bir necha yillardan buyon Oʻzbekistondagi eng daromadli yoʻnalish boʻlib qolmoqda.

Maqola muallifi
Palonchi Pistonchiyeva
258
9-avgust 2025, 14:58
yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring

Izohlar: 0

Ulashish